«Ovozi kutganimdan ham yaxshi chiqdi»
Ovozi aynan men xohlagandek, hatto kutganimdan ham yaxshi chiqdi. Reklamada qanday ko‘rsatishgan bo‘lsa, shunday keldi va shunday ishlayapti. Pods 4 quloqqa ham juda qulay o‘tirarkan.
ANC atrofdagi shovqinni kamaytiradi · Vakuumsiz qulay shakl
Ovozi aynan men xohlagandek, hatto kutganimdan ham yaxshi chiqdi. Reklamada qanday ko‘rsatishgan bo‘lsa, shunday keldi va shunday ishlayapti. Pods 4 quloqqa ham juda qulay o‘tirarkan.
Bunaqa natija kutmagandim. Quloqchinlar juda tez ulanarkan, ishlashi ham menga yoqdi. Ishlatib ko‘rgach, oldinroq olsam bo‘larkan, deb o‘yladim.
ANC rejimi menga juda yoqdi, quvvati ham uzoqqa yetarkan. Yig‘ilish sifati ham yaxshi taassurot qoldirdi. Umuman olganda, bu quloqchinlar menga yoqdi, olishni tavsiya qilaman.
Reklamasini ko‘rib, buyurtma berishga ancha ikkilandim. Olganimdan keyin fikrim o‘zgardi: telefonda gaplashganimda ovozim yaxshi eshitildi. Qutisidan ham sifati bilinadi, 18 oy kafolati bor ekan.
Sizga keladigan to‘plam
Buyurtmani Uzum Market’da rasmiylashtiring: olish punkti va mavjud to‘lov usulini tanlang. Yetkazish muddati buyurtma berishda ko‘rsatiladi. ShopLand kafolati — talon shartlari asosida 18 oy. Savol tug‘ilsa, Telegram’da yozing — yordam beramiz.
Buyurtmani olganda mahsulotni tekshiring. Agar buyurtma uchun mavjud bo‘lsa, olganda naqd yoki Uzcard/Humo kartasi bilan to‘lashingiz mumkin.
Bo‘lib to‘lash uchun rasmiylashtirishda Uzum Nasiya shartlarini ko‘ring.
Premium ShopLand qutisi — ochishning o‘zi yoqimli. O‘zingizga ham, yaqin insoningizga ham.
Avval tinglang. Keyin tanlang.
Bizning quloqchinlarda yozilgan.
Yozuv yuklanmadi. Qayta urinib ko‘ring.
* Yozuvlarni tinglang va sizga qanchalik mosligini baholang. Flagman sifati va’da qilinmaydi, lekin kundalik muloqot uchun o‘z narxiga munosib ovoz bor.
Yozuv yuklanmadi. Qayta urinib ko‘ring.
Sifat detallardan boshlanadi
ShopLand xaridorlari fikri
Bunaqa natija kutmagandim. Ulanishi juda tez, ishlashi zo‘r ekan. Oldinroq olmaganimga afsuslandim.
Ochig‘i, sifati bunaqa zo‘r bo‘ladi deb o‘ylamagandim 😍 Bassi juda yoqdi, ovozi tiniq, quloqda ham qulay turarkan. ANC atrofdagi shovqinlarni ancha kamaytiradi, telefonda gaplashganda ham ovozim yaxshi eshitilyapti. Reklamasini ko‘p ko‘rgandim, lekin buyurtma berishga ikkilanib yurdim: reklamada hammasi zo‘r bo‘ladi-yu, aslida boshqacha chiqadi deb 😅 Olganimdan keyin fikrim o‘zgardi. Qutisidan boshlab sifati bilinadi, 18 oy kafolat ham bor ekan. Narxiga arziydi, tavsiya qilaman ❤️
Premium sifat. Puliga arziydi, ovozi tiniq. Hammaga tavsiya qilaman.
Birinchi marta buyurtma berayotganim yo‘q. Quloqchinlarning sifati yaxshi. Narxiga arziydi, olishni tavsiya qilaman.
Qutini ochish, to‘plam va telefonga ulash — Sadoqatning Pods 4 haqidagi videosi.
Keys, quloqchinlar va foydalanish taassurotlari — qisqa videoda.
Sifati yaxshi, ovozi ham. Hamma narsasi puliga yarasha ekan, olishni tavsiya etaman.
Ishlashi, ovozi yaxshi. Batareyasini endi tekshirib ko‘raman.
Juda ham tiniq ovoz va mikrofon. Gap bo‘lishi mumkin emas.
Haqiqatan ham gaplashganda ovoz sifatli yetib borar ekan. 👍
Sifati yoqdi, zaryadi juda ko‘pga yetar ekan. ANC ham zo‘r 👍🏻 Olishni tavsiya qilaman.
To‘plami, qadoqlanishi va yig‘ilish sifati yoqdi. Ochishning o‘zi yoqimli: firmaviy quti, kafolat taloni, kabel va g‘ilof — hammasi joyida. Hatto kichkina rahmat kartochkasini ham qo‘yishibdi. Quloqchinlarning o‘zi ham yaxshi taassurot qoldirdi, puxta ishlangan. Faqat reklamaga emas, mayda detallarga ham e’tibor berishgani bilinadi.
Menga aynan shunaqa vakuumsiz quloqchin kerak edi. Quloqda yengil turadi, musiqa eshitayotganda noqulaylik sezmadim. Faqat ovoziga qarab tanlamaslik kerak ekan, quloqqa qanday joylashishi ham muhim. Men uchun shu tomoni juda yoqdi.
ANC shunchaki nomiga yozilmagan ekan, yoqqanda farqi seziladi. Atrofdagi hamma ovozni butunlay yo‘qotmaydi, lekin fon shovqini ancha pasayadi. Musiqani balandlatib yubormasdan eshitish qulayroq bo‘ldi. Shu funksiyasi uchun olgandim, natijasidan mamnunman.
Faqat musiqaga emas, o‘yinga ham ishlatsa bo‘larkan. Ovoz chapdanmi, o‘ngdanmi kelayotganini ajratish oson. Sezilarli kechikish sezmadim, menga shu kerak edi 👍
PUBG o‘ynaydiganlarga ovoz qanchalik muhimligini tushuntirish shartmas 😄 Men uchun bassdan ham ko‘ra qadam qaysi tomondan kelayotganini eshitish muhim. Shu tarafdan yoqdi, otishma orasida ham tovushlarni ajratish qulay. Albatta quloqchinning o‘zi o‘yinni yutib bermaydi, lekin atrofni eshitib turishga yordam beradi.
Boshqa mavzuni tanlang
Haqiqiy kadrlar
Qiyoslash va Pods 4 imkoniyatlari bir videoda: to‘plam, ovoz, boshqaruv va o‘yin.
Fabrikadan jonli kadrlar: keys ichidagi qismlar, quloqchinlar va yig‘ish jarayoni.
Uyda, sayrda va o‘yinda: Pods 4 kundalik hayotda qanday ishlatilishini ko‘ring.
Mahsulotlar qanday keladi? ShopLand jamoasi va haqiqiy yetkazib berish kadrlari.
Qutini ochish, to‘plam va telefonga ulash — Sadoqatning Pods 4 haqidagi videosi.
Keys, quloqchinlar va foydalanish taassurotlari — qisqa videoda.
Vakuumsiz qulaylik
Pods 4 ochiq shaklda: nasadka o‘lchamini tanlash shart emas. Quloqchinni taqing, sevimli trekingizni yoqing — kundalik musiqa, suhbat va o‘yinlar uchun.
IPX4 — ter va suv sachrashidan himoya: kundalik ishlar va mashg‘ulotlar uchun. Suvga botirmang.
Oddiy harakatlar
Trekni bosish bilan, ovoz balandligini yuqoriga yoki pastga surish bilan o‘zgartiring.
Bir bosish — javob, ikki bosish — suhbatni yakunlash.
Quloqni aniqlash sensori musiqani avtomatik to‘xtatadi. Funksiyani sozlamada o‘chirish mumkin.
ShopLand
ShopLand’da 135 000+ sotuv. Ulanish, sozlash yoki kafolat bo‘yicha Telegram’da yordam beramiz.
ShopLand yordamiga yozishSavollar qoldimi?
Ha, Bluetooth orqali ulanadi. iPhone’da qo‘shimcha sozlamalar mavjud; ayrim imkoniyatlar telefon va tizim versiyasiga bog‘liq.
Pods 4 vakuumsiz, silikon uchliklarsiz. Nasadka o‘lchami tanlanmaydi; qulaylik quloq shakliga bog‘liq. Olish punktida model va mosligini tekshiring.
Quloqchinlar bir quvvatda 4–6 soat, keys bilan jami 20 soatgacha ishlaydi. Vaqt ovoz balandligi, rejim va foydalanishga bog‘liq.
ANC fon shovqinini kamaytiradi, shaffoflik atrofni eshitishga yordam beradi. Moslashuvchan rejim ham bor. ANC to‘liq sukunat bermaydi; natija muhit va quloqqa joylashuvga bog‘liq.
Stereo ovoz qadamlar va tovush yo‘nalishini ajratishga yordam beradi. Kechikish taxminan 30–45 ms; telefon, o‘yin va Bluetooth sharoitlariga bog‘liq. Alohida o‘yin rejimi tugmasi yo‘q.
Premium ShopLand qutisida quloqchinlar va keys, USB-C kabel, qora g‘ilof, karabin, shnur, QR qo‘llanma va kafolat taloni keladi. Simsiz quvvatlash ham bor; adapter va simsiz taglik alohida.
Talon va Uzum buyurtma ma’lumotini saqlang. Kafolat talondagi shartlar asosida amal qiladi. Savol yoki nosozlik bo‘lsa, talondagi QR orqali ShopLand yordam xizmatiga yozing.
Buyurtma tugmasi Uzum’dagi ShopLand Pods 4 ANC + ENC kartochkasini ochadi. Olishda model va to‘plamni tekshiring. Qaytarish va almashtirish Uzum tartibi bo‘yicha amalga oshiriladi.
ShopLand Pods 4 ANC
Uzum’da yangi ShopLand Pods 4 ANC + ENC modelini tanlang. Olishda ShopLand yozuvi, naushniklar va to‘plamni tekshiring.
BARAKALI JUMA · 30-noyabr oxirigacha
50 000 so‘m odatdagi narxdan tejaysiz.
ShopLand Pods 4 ANC + ENC — musiqa, suhbat va o‘yin uchun simsiz quloqchinlar. O‘zbekistonda Uzum Market orqali buyurtma bering.