iPhone
Ekranda oyna chiqsa, «Подключить / Connect»ni bosing. Oyna chiqmadimi? Pastdagi «Qo‘lda ulash» bo‘limini oching.
Qutingizdagi modelni tanlang — sizga aynan shu quloqchin uchun ulanish, boshqaruv va muammolarni yechish bo‘yicha yo‘riqnoma ko‘rsatiladi.
Modelni keyin ham yuqoridagi tugma orqali almashtirishingiz mumkin.
FOYDALANISH QO‘LLANMASI
Qanday ulash, quvvatlash va foydalanish kerak? Hammasi shu yerda.
Zaryad bor deb ko‘rsatsa ham, ikkala quloqchinni keysga soling va keysni kabel orqali 1 soat zaryadlang.
Saqlash va yetkazish vaqtida keys va quloqchinlarning zaryadi kamayishi, har birida turlicha bo‘lishi mumkin. Telefondagi foiz ham doim aniq emas. Birinchi zaryadlash foydalanishni zaryadlangan keys va ikkala quloqchin bilan boshlashga yordam beradi.
Avval ikkala quloqchindagi sensorlardan himoya plyonkalarini yeching. Plyonka qolsa, quloqchin quloqda ekanini aniqlamasligi mumkin.
Ekranda oyna chiqsa, «Подключить / Connect»ni bosing. Oyna chiqmadimi? Pastdagi «Qo‘lda ulash» bo‘limini oching.
Sozlamalar → Bluetooth → Yangi qurilmani ulash bo‘limiga kiring. Ro‘yxatdan ShopLand Pro 3 ANC’ni tanlang. Menyu nomlari telefoningizda farq qilishi mumkin.

Quloqchinlar va quvvatlash keysi, USB–Type-C kabel, silikon g‘ilof, XS / S / L qo‘shimcha silikon nasadkalar, quloqchinlarga o‘rnatilgan M silikon nasadkalar va kafolat taloni. Hammasi ShopLand premium qutisida. Quvvatlash adapteri to‘plamga kirmaydi.
Quloqchin oyoqchasidagi sensorga yengil teging. Tegish qabul qilinganda qisqa tovush eshitasiz. Qattiq bosish shart emas.
Sensorni 2 soniya bosib turing — rejim almashganini bildiruvchi tovush eshitiladi. Rejimni yana almashtirish uchun shu harakatni takrorlang: ANC → shaffoflik → o‘chiq.
Transport va atrofdagi bir maromdagi shovqinni pasaytiradi. To‘liq sukunat yaratmaydi.
Quloqchinni yechmasdan atrofdagi tovushlarni yaxshiroq eshitishga yordam beradi.
Faol shovqinni pasaytirish va shaffoflik o‘chiriladi.
ENC qo‘ng‘iroq paytida atrofdagi shovqinni kamaytirib, suhbatdoshga ovozingizni yaxshiroq eshitishga yordam beradi. O‘zi ishlaydi, alohida yoqish shart emas.
Baland ovoz, ANC va qo‘ng‘iroqlar zaryadni tezroq sarflaydi. 26 soat — quloqchinlarni keysda qayta quvvatlab ishlatgandagi jami vaqt.
Birinchi foydalanishdan oldin ikkala quloqchin keys ichida bo‘lsin. Zaryad bor bo‘lsa ham, kabel orqali 1 soat zaryadlang.
Ikkala quloqchinni keysdagi o‘z joyiga qo‘ying va qopqoqni yoping. Keysda zaryad bo‘lsa, kabel ulash shart emas. Quloqchinlar joyiga to‘liq o‘tirgan, kontaktlari toza va quruq bo‘lishi kerak.
Zaryadlash boshlanganda yonadi va keysdan tovush chiqadi. Chiroq taxminan 5 soniyadan keyin o‘chsa ham, zaryadlash davom etadi.
Quvvat to‘lganda yonadi va keyin o‘chishi mumkin. To‘liq quvvatlangan keys ochilganda ham yashil yonadi.
Simsiz quvvatlash maydonchasi to‘plamga kirmaydi.

Quloqchin yaxshi o‘tirsa, bass va ANC yaxshiroq seziladi, sensor ham to‘g‘ri ishlaydi. Har bir quloqqa boshqa o‘lcham mos kelishi mumkin. Og‘risa yoki bezovta qilsa, yeching.
Nasadka yechilmayaptimi? Kuch bilan yulmang, igna yoki pichoq ishlatmang. Yaqindan video olib, bizga yuboring — yordam beramiz.
Iltimos, qadamlarni tashlab ketmang. Sabab oddiy sozlama yoki telefonning o‘zi bo‘lishi mumkin. Oxirida boshqa telefonda ham tekshiring.
Oddiy qayta ulash yordam bermasa, zavod sozlamalariga tiklab ko‘ring. Ikkala quloqchin keys ichida bo‘lsin.
Telefonda Bluetooth sozlamalaridan ShopLand Pro 3 ANC’ni topib, «Забыть устройство / Forget»ni tanlang. Ro‘yxatda bo‘lmasa, keyingi qadamga o‘ting.
Ikkala quloqchinni keysga qo‘ying va qopqog‘ini ochiq qoldiring.
Keysning oldida, indikator chirog‘i ostiga 2 marta tez teging. Indikator oq rangga o‘tadi.
Oq chiroqdan keyin shu joyga 3 marta ketma-ket teging. Indikator to‘q sariq rangga o‘tadi va «beep beep beep» tovushi eshitiladi — tiklash muvaffaqiyatli tugadi.

Muhim: 2 ta tegishdan keyin indikator oq bo‘lishini kuting. Shundan keyingina 3 ta tegishni ketma-ket bajaring.
Bluetooth’ni oching. Kerak bo‘lsa, keys oldiga 2 marta teging — indikator oq miltillaydi. Ro‘yxatdan ShopLand Pro 3 ANC’ni tanlang.
Indikator boshqacha ishlasa, keys zaryadini tekshiring. Qanday yonayotganini videoga olib, bizga yuboring.
Korpus, sensor va kontaktlarni quruq yumshoq salfetka bilan arting. To‘rlarni yumshoq quruq cho‘tka bilan yuzaki tozalang. Teshiklarga suyuqlik, igna yoki boshqa buyum kiritmang.
Quloqchinlarni keysga qo‘yishdan oldin quriting. Issiq mashinada, quyosh ostida yoki isitkich yonida qoldirmang.
IPX4 — sachrashga qarshi himoya. Suzish, dush yoki suvga botirish uchun emas. Keysni suvdan asrang. Ho‘l qurilmani quvvatlamang.
Mashqdan so‘ng terni artib, qurishini kuting. Tovushni qulay darajada saqlang, yo‘lni kesib o‘tayotganda quloqchinlarni yeching.
Ulanish, ovoz yoki boshqaruv muammosida avval zaryadni tekshiring va boshqa telefonda sinang. Zaryad olmasa, boshqa kabel va adapterni tekshiring. Yordam bermasa, bizga yozing. Kuchli qizish yoki shikast bo‘lsa, sinovni to‘xtatib, darhol yozing.
Qaysi telefondan foydalanasiz, nima ishlamayapti va nimalarni sinab ko‘rdingiz — shularni yozing. Imkon bo‘lsa, qisqa video ham yuboring.
Telegram’da yordam olishKafolat talonini saqlang. Kafolat shartlari talonda ko‘rsatilgan; mexanik shikast, suv kirishi va tushirib yuborishdan kelgan zarar kafolatga kirmaydi.
FOYDALANISH QO‘LLANMASI
Qanday ulash, quvvatlash va foydalanish kerak? Hammasi shu yerda.
Zaryad bor deb ko‘rsatsa ham, ikkala quloqchinni keysga soling va keysni kabel orqali 1 soat zaryadlang.
Saqlash va yetkazish vaqtida keys va quloqchinlarning zaryadi kamayishi, har birida turlicha bo‘lishi mumkin. Telefondagi foiz ham doim aniq emas. Birinchi zaryadlash foydalanishni zaryadlangan keys va ikkala quloqchin bilan boshlashga yordam beradi.
Avval ikkala quloqchindagi yupqa himoya plyonkalarini yeching. Ular tashish vaqtida tirnalishdan himoya qilish uchun qo‘yilgan va foydalanishdan oldin olinishi kerak.
Ekranda oyna chiqsa, «Подключить / Connect»ni bosing. Oyna chiqmadimi? Pastdagi «Qo‘lda ulash» bo‘limini oching.
Sozlamalar → Bluetooth → Yangi qurilmani ulash bo‘limiga kiring. Ro‘yxatdan ShopLand Pods 4 ANC’ni tanlang. Menyu nomlari telefoningizda farq qilishi mumkin.
Quloqchinlar va quvvatlash keysi, sifatli USB–Type-C kabel, firmali silikon g‘ilof va kafolat taloni. Hammasi ShopLand qutisida. Quvvatlash adapteri to‘plamga kirmaydi.
Quloqchin oyoqchasidagi sensorga yengil teging. Tegish qabul qilinganda qisqa tovush eshitasiz. Qattiq bosish shart emas.
Sensorni taxminan 2 soniya, rejim almashganini bildiruvchi tovush eshitilguncha bosib turing. Takrorlang: ANC → Transparency → Adaptive → Off → ANC.
Transport va bir maromdagi fon shovqinini pasaytiradi. To‘liq sukunat yaratmaydi.
Quloqchinni yechmasdan atrofdagi tovushlarni yaxshiroq eshitishga yordam beradi.
Atrofdagi vaziyatga qarab shovqinni pasaytirish va tashqi tovushlarni eshitish o‘rtasidagi muvozanatni avtomatik moslaydi.
ANC va Transparency o‘chiriladi. Oddiy tinglash rejimi.
ENC qo‘ng‘iroq paytida atrofdagi shovqinni kamaytirib, suhbatdoshga ovozingizni yaxshiroq eshitishga yordam beradi. O‘zi ishlaydi, alohida yoqish shart emas.
Baland ovoz, ANC va qo‘ng‘iroqlar zaryadni tezroq sarflaydi. 20 soatgacha — quloqchinlarni keysda qayta quvvatlab ishlatgandagi jami vaqt.
Birinchi foydalanishdan oldin ikkala quloqchin keys ichida bo‘lsin. Zaryad bor bo‘lsa ham, kabel orqali 1 soat zaryadlang.
Ikkala quloqchinni keysdagi o‘z joyiga qo‘ying va qopqoqni yoping. Keysda zaryad bo‘lsa, kabel ulash shart emas. Quloqchinlar joyiga to‘liq o‘tirgan, kontaktlari toza va quruq bo‘lishi kerak.
Zaryadlash boshlanganda yonadi va keysdan tovush chiqadi. Chiroq taxminan 5 soniyadan keyin o‘chsa ham, zaryadlash davom etadi.
To‘liq quvvatlanganda yashil yonishi mumkin. Ayrim partiyalarda indikator ishlashi biroz farq qilishi mumkin, shuning uchun quvvatni faqat rangga qarab baholamang.
Simsiz quvvatlash maydonchasi to‘plamga kirmaydi.

Ochiq konstruksiyada bass va ANC ta’siri quloq shakli va joylashishga bog‘liq. Quloqchin qulay va barqaror tursin; sensorlar toza bo‘lsin.
Sensorni taxminan 2 soniya bosib turib rejimlarni almashtirasiz. Har bir rejim boshqa vaziyat uchun qulay.
Transport, konditsioner va boshqa bir maromdagi fon shovqinini pasaytiradi.
Atrofdagi ovozlarni eshitishga yordam beradi — quloqchinni yechmasdan suhbatlashish qulay.
Vaziyatga qarab ANC va tashqi ovozlar o‘rtasidagi muvozanatni avtomatik moslaydi.
ANC va Transparency o‘chiriladi. Oddiy tinglash rejimi.
ENC qo‘ng‘iroq vaqtida avtomatik ishlaydi va atrofdagi shovqinni kamaytirishga yordam beradi. Uni alohida yoqish shart emas.
Pods 4’da giroskop yo‘q. Shu sababli boshni burish yoki harakatlantirishga bog‘liq funksiyalar ishlamaydi. Bunday funksiyalar original AirPods’da giroskop yordamida ishlaydi.
Iltimos, qadamlarni tashlab ketmang. Sabab oddiy sozlama yoki telefonning o‘zi bo‘lishi mumkin. Oxirida boshqa telefonda ham tekshiring.
Oddiy qayta ulash yordam bermasa, zavod sozlamalariga tiklab ko‘ring. Ikkala quloqchin keys ichida bo‘lsin.
Telefonda Bluetooth sozlamalaridan ShopLand Pods 4 ANC’ni topib, «Забыть устройство / Forget»ni tanlang. Ro‘yxatda bo‘lmasa, keyingi qadamga o‘ting.
Ikkala quloqchinni keysga qo‘ying va qopqog‘ini ochiq qoldiring.
Keysning oldida, indikator chirog‘i ostiga 2 marta tez teging. Indikator oq rangga o‘tadi.
Oq chiroqdan keyin shu joyga 3 marta ketma-ket teging. Indikator to‘q sariq rangga o‘tadi va «beep beep beep» tovushi eshitiladi — tiklash muvaffaqiyatli tugadi.
Muhim: 2 ta tegishdan keyin indikator oq bo‘lishini kuting. Shundan keyingina 3 ta tegishni ketma-ket bajaring.
Bluetooth’ni oching. Kerak bo‘lsa, keys oldiga 2 marta teging — indikator oq miltillaydi. Ro‘yxatdan ShopLand Pods 4 ANC’ni tanlang.